logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» va «Bavariya» Vlaxovichni tekinga qo'lga kiritmoqchi

 24 APREL, 2026, 16:48

Agar hujumchi Dushan Vlaxovich «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmasa, «Milan» va «Bavariya» uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli serbiyalik futbolchining shartnomasi bilan bog'liq noaniqlik davom etayotgani sababli, uning nomzodi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Vlaxovich 2022 yilning yanvaridan beri «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda, uning amaldagi kelishuvi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda u 18 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ