logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eddi Xau Voltemade va Vissa nega asosiy tarkibda o'ynamayotganini tushuntirdi

 24 APREL, 2026, 16:36

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau hujumchilar Nik Voltemade va Yoan Vissa nima sababdan o'tgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmagani haqidagi savolga javob berdi.

«Ular mashg'ulotlarda o'zlarini ko'rsata olishlari kerak. Bu asosiy tarkibga kira olmayotgan barcha futbolchilarga tegishli», — deya Xauning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Angliya Premer-ligasining 33-turida «Nyukasl» o'z maydonida «Bornmut»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, ochkosiz qoldi. Ayni damda «qarg'alar» 42 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog'onasini egallab turishibdi. 25 aprel kuni Xau shogirdlari safarda Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bahs olib borishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ