Frantsiya tarixidagi eng yaxshi 10 futbolchi: Zidan peshqadam, Mbappe ro'yxatda yo'q
24 APREL, 2026, 14:00
Britaniyaning mashhur FourFourTwo jurnali tarixdagi eng yaxshi 10 nafar frantsuz futbolchisi reytingini tuzib chiqdi.
Ro'yxatda birinchi o'rinni o'z vaqtida «Bordo», «Yuventus» va «Real» klublarida to'p surgan afsonaviy Zinedin Zidan egalladi. Kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish olgan:
Zinedin Zidan («Bordo», «Yuventus», «Real»)
Terri Anri («Monako», «Arsenal», «Barselona»)
Mishel Platini («Nansi», «Sent-Eten», «Yuventus»)
Patrik Vieyra («Arsenal», «Yuventus», «Inter»)
Erik Kantona («Manchester Yunayted»)
Lilian Tyuram («Monako», «Yuventus», «Barselona»)
Marsel Desayi («Nant», «Milan», «Chelsi»)
Dide Desham («Marsel», «Yuventus», «Chelsi»)
Jyust Fonten («Nitstsa», «Reyms»)
Ngolo Kante («Lester», «Chelsi», «Fenerbaxche»)
Qayd etish lozimki, Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda borayotgan «Real» hujumchisi Kilian Mbappe ushbu reytingdan joy olmadi.
