logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Florentino Peres qaror qabul qildi

 24 APREL, 2026, 13:30

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Klub rahbari mavsum yakunlangach, murabbiyni iste'foga chiqarish niyatida, deb xabar bermoqda jurnalist Xorxe Pikon.

Shu bilan birga, direktorlar kengashining ayrim a'zolari murabbiy jamoada qolishi va o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat olishi kerak, deb hisoblamoqda. Fikrlar turlicha bo'lishiga qaramay, Peres o'z qarorida qat'iy — u yozda jamoaga yangi murabbiy olib kelmoqchi.

Alvaro Arbeloa «qaymoqranglilar» boshqaruvini yanvar oyi o'rtalarida Xabi Alonso o'rnini egallagan holda qo'lga olgan edi. Uning boshqaruvida jamoa Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasini mos ravishda 1/8 va 1/4 final bosqichlarida tark etdi. La Ligada esa chempionlik uchun imkoniyatlar juda past — mavsum yakuniga 7 ta tur qolganda «Barselona» bilan oradagi farq 9 ochkoni tashkil etmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ