Dante va Riberi «Bavariya» yoshlar jamoasida murabbiylik qilishadi
24 APREL, 2026, 13:30
Braziliyalik himoyachi Dante futbolchilik faoliyatini yakunlashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Hozirda 42 yoshli futbolchi «Nitstsa» safida to'p surmoqda va boshqa musobaqalar qatori Frantsiya Kubogi finalida ishtirok etishga hozirlik ko'rmoqda.
L’Équipe nashrining xabar berishicha, kelasi mavsumda Dante o'zi 2012 yildan 2015 yilgacha o'ynagan «Bavariya» klubiga qaytishi kutilmoqda. U myunxenliklarning yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ish boshlaydi. Dante allaqachon UEFAning professional murabbiylik litsenziyasini qo'lga kiritgan.
Unga sobiq jamoadoshi, Frantsiya terma jamoasi sobiq a'zosi Frank Riberi ham qo'shilishi mumkin. Riberi murabbiylik litsenziyasini olish jarayonini yakunlash arafasida turibdi va u braziliyalik mutaxassisning assistenti (yordamchisi) etib tayinlanishi kutilmoqda.
