logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alisson «Yuventus»ga o'tmasligi mumkin

 24 APREL, 2026, 11:36

«Liverpul» darvozaboni Alisson Bekerning «Yuventus»ga o'tishi kun sayin so'nib bormoqda. 33 yoshli braziliyalik posbonning maosh borasidagi yuqori talablari turinliklarning umidlarini puchga chiqarmoqda. «Byankoneri» vakillari darvozabonning so'rovlarini qondira olmasliklarini tushunib etgach, boshqa — hamyonbop variantlarni o'rganishni boshlashdi.

Transfer News Live nashrining Tuttosport va TEAMtalk ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Alissonga muqobil nomzod sifatida «Manchester Siti» a'zosi Jeyms Trafford tanlangan. Alissonning «Liverpul» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi va uning Transfermarkt portalidagi bahosi 17 million evroni tashkil etadi.

Traffordning «Manchester Siti» bilan kelishuvi 2030 yilgacha mo'ljallangan, biroq ko'plab mish-mishlarga ko'ra, u Djanluidji Donnarummaning o'rinbosari rolidan qoniqmayotgani sababli jamoadan ketishga tayyor. Transfermarkt 23 yoshli ingliz posbonini 25 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ