logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Benzema Ronaldu bilan o'tgan yillarini esladi

 24 APREL, 2026, 11:30

«Al-Hilol» hujumchisi Karim Benzema Madridning «Real» klubida Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynagan davrlarini yodga oldi. Frantsiyalik va portugaliyalik yulduzlar 2009 yildan 2018 yilgacha birgalikda «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilishgan.

«Ha, u ketganidan keyin hujumda menda erkinlik ko'paydi, lekin u bilan birga o'ynash juda ajoyib edi. Men uning jarima maydonchasi ichida qanday harakat qilishini mukammal o'rgangandim. U bir mavsumda 50 talab gol urardi — bu aql bovar qilmas natija edi. Men undan harakatlanish, raqib ortiga yorib kirish va pressingda qatnashish borasida ko'p narsa o'rgandim», — deya 38 yoshli forvardning so'zlarini keltirmoqda Ispaniya OAVlari.

Benzemaning o'zi «Real»ni 2023 yilda tark etib, «Al-Ittihod»ga o'tgan edi. Joriy yilning boshida esa uni «Al-Hilol» o'z safiga qo'shib oldi. Hozirda ushbu jamoa Saudiya ligasida chempionlik uchun Ronaldu to'p surayotgan «An-Nasr» bilan kurash olib bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ