logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konatening yangi kelishuvida «PSJ» uchun sotib olish summasi ko'rsatiladi

 24 APREL, 2026, 11:30

«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibraima Konate klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Yaqinda frantsiyalik futbolchining o'zi «qizillar» bilan amaldagi kelishuvi tez orada yangilanishini tasdiqladi.

DaveOCKOP nashrining xabar berishicha, yangi shartnomaga katta ehtimol bilan «PSJ» uchun maxsus tovon puli belgilangan band kiritiladi. Unga ko'ra, Parij klubi futbolchini taxminan 60 million funt sterling (taxminan 69 million evro) evaziga sotib olishi mumkin bo'ladi.

Ibraima Konate asli parijlik bo'lsa-da, «PSJ» safida hech qachon to'p surmagan. 26 yoshli futbolchi 2021 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. U mersisaydliklar libosida jami 178 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ