logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kafu Neymar haqida: «Agar unda intizom bo'lganida, barcha rekordlarni yangilardi»

 24 APREL, 2026, 11:12

Afsonaviy braziliyalik sobiq futbolchi Kafu hamyurti Neymarning faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. O'tgan yilning boshida yulduz hujumchi o'zining qadrdon klubi — «Santos»ga qaytgan edi va hozirda u erda faoliyatiga yakun yasamoqda deb hisoblanadi. Fevral oyida «Barselona» va «PSJ» sobiq futbolchisi 34 yoshni qarshi oldi.

«Faqatgina iste'dodning o'zi doim ham etarli emas. Menda Neymar, Messi yoki Ronaldudagi kabi iqtidor bo'lmagan, ammo men intizom va diqqat-e'tibor tufayli muvaffaqiyatga erishganman. Agar Neymarda mendagi, Messi yoki Ronaldudagi kabi intizom bo'lganida edi, u barcha rekordlarni yangilagan bo'lardi», — deya ikki karra Jahon chempioni Kafuning so'zlarini keltirmoqda Al Nassr Zone.

Neymar bo'lajak mundialga borishni rejalashtirmoqda, biroq taxminlarga ko'ra, Karlo Anchelotti uni turnir uchun yakuniy qaydnomaga kiritishi dargumon.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ