logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» va «Liverpul» Mikki van de Ven uchun harakat boshlaydi

 24 APREL, 2026, 10:54

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Mikki van de Ven top-klublar e'tiborida qolishda davom etmoqda. Agar «shporlar» Premer-ligani tark etadigan bo'lsa, niderlandiyalik futbolchini jamoada olib qolishlari amrimahol.

Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari da'vogarlik qilmoqda. Londonliklar tomonidan belgilangan boshlang'ich narx — 90 million evro.

Mikki van de Ven joriy mavsumda «Tottenxem» safida 40 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 7 ta gol va bitta golli uzatmani yozib qo'ydi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million evroga baholamoqda. Avvalroq, van de Venga «Barselona» va Madridning «Real» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ