logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» Zirkzee uchun taklif tayyorladi

 24 APREL, 2026, 10:48

«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin. 24 yoshli futbolchi Angliyada o'z o'rnini topa olmadi, shu sababli kelasi yozda jamoani tark etish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, Turin klubi niderlandiyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishini qayta tiklagan va joriy mavsum yakunlangach, rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor. «Keksa sinora» rahbariyati hujumchini taxminan 30 million evroga baholamoqda.

Joshua Zirkzee joriy mavsumda «qizil iblislar» libosida 22 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozib qo'ydi. Manchesterga ko'chib o'tishdan avval u A Seriyada «Bolonya» sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ