Entso Fernandesning kelajagi nimaga bog'liq ekanligi aytildi
24 APREL, 2026, 10:18
«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes klubdagi kelajagi borasida hali bir qarorga kelmadi. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan bo'lsa-da, uning yaqin orada jamoani tark etishi istisno etilmaydi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, Fernandesning kelajak borasidagi qarori Liam Rosenor ishdan bo'shatilganidan keyin jamoani kim boshqarishiga, shuningdek, jamoaning Chempionlar ligasida ishtirok etish omiliga bog'liq bo'ladi. Manbaning ta'kidlashicha, xavbek shu yozdayoq klubdan ketishga ruxsat so'rashi mumkin.
Entsoga da'vogarlardan biri sifatida «Manchester Siti» nomi tilga olinmoqda. Transfermarkt portali Fernandesning bozor qiymatini 90 million evroga baholagan.
