Mashhur jurnalist «Real» murabbiyligi uchun mos nomzodni aytdi
24 APREL, 2026, 10:18
Ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerol Madridning «Real» klubida Alvaro Arbeloani qaysi murabbiy almashtirishi mumkinligi haqida gapirib berdi. «Qaymoqranglilar»ning amaldagi bosh murabbiyi mavsum yakunlanganidan keyin o'z ishini davom ettirishi dargumon.
OAV vakillari «qirollik klubi»ning ko'plab nomdor mutaxassislarga qiziqishi borligini yozishmoqda, biroq hozircha aniq ma'lumotlar kam.
"Real"ning keyingi mavsumdagi murabbiyi... Bilasizmi, menga qaysi nomzod ma'qul kelmoqda? Dide Desham. U haqiqiy g'olib", — deya Pedrerolning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Dide Desham 2012 yildan buyon Frantsiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda, biroq bo'lajak Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng u o'z lavozimini tark etadi.
