logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Edin Terzich La Ligada ish boshlashga yaqin turibdi

 24 APREL, 2026, 10:12

Kelib chiqishi bosniyalik bo'lgan germaniyalik mutaxassis Edin Terzich Baskoniyaning «Atletik» klubi bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi. Tomonlar mart oyidan beri muzokaralar olib borishmoqda va endilikda Terzich katta futbolga qaytishga tayyor ko'rinadi.

U 2024 yilda Dortmundning «Borussiya» klubini Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqanidan so'ng iste'fo bergan edi va shundan beri ishsiz yuribdi.

"Terzich "Atletik" bosh murabbiyligi uchun asosiy favorit bo'lib qolmoqda. Klub rahbariyati aynan uni ko'rishni istaydi", — deb yozdi mashhur italiyalik jurnalist Fabritsio Romano.

Qayd etish joizki, basklar juda kam hollarda chetdan murabbiy tanlashadi — qoidaga ko'ra, bu lavozimni «o'zlarining» odamlari, ya'ni bask millatiga mansub mutaxassislar egallab kelishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ