logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kafu Ronaldu haqida: «JCh-2026 so'nggisi bo'lmasligi mumkin»

 24 APREL, 2026, 09:54

Afsonaviy braziliyalik sobiq futbolchi Kafu bo'lajak Jahon chempionati Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi oxirgisi bo'lishiga shubha bildirmoqda. 41 yoshli hujumchi o'zining oltinchi mundial o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda va ushbu turnir uning uchun so'nggisi bo'lishi taxmin qilinmoqda.

«Krishtianu borasida bu uning oxirgi turniri deb qat'iy ta'kidlash yaramaydi. U odatiy qoliplar va chegaralardan chiqa oladigan futbolchi. Men unda o'zim bilan o'xshashlikni ko'raman: men ham hech qachon chegaralarni ko'rmaganman, doim o'zimdan o'zib ketishga va yanada ko'prog'ini berishga intilganman. Ronalduning butun mohiyati mana shunda», — deya Kafuning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Portugaliya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida Kolumbiya, O'zbekiston va DR Kongo terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ