«Bavariya»ning «Nyukasl» yulduzini qo'lga kiritish bo'yicha maxsus rejasi ma'lum bo'ldi
24 APREL, 2026, 09:48
«Bavariya» «Nyukasl» vingeri Entoni Gordonni sotib olish imkoniyatini jiddiy ravishda ko'rib chiqmoqda. 25 yoshli futbolchiga Premer-liga grandlari ham da'vogarlik qilmoqda, bu esa myunxenliklarning ishini qiyinlashtiradi.
Shunga qaramay, Bild nashrining xabariga ko'ra, «Bavariya»ning aniq rejasi bor: klub avval Gordonning o'zini ko'ndirib, keyin «qarg'alar» tomonidan belgilangan narxni tushirish uchun qulay pozitsiyaga ega bo'lmoqchi. Germaniya chempionlari rahbariyati futbolchi uchun 75 million funt sterling (taxminan 86,5 million evro) yoki shunga yaqin mablag' taklif qilish niyatida emas.
Transfermarkt portali Entoni Gordonning qiymatini 60 million evroga baholagan. Joriy mavsumda futbolchi «Nyukasl» safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
