logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Al-Helayfiy «Oltin to'p» yana Parijda qolishiga ishonishini aytdi

 24 APREL, 2026, 09:42

«PSJ» prezidenti Nosir al-Xelayfiy jamoa vakillarining «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida to'xtaldi. O'tgan yili ushbu sovringa Usmon Dembele loyiq ko'rilgan edi, uning qahramonliklari parijliklarga o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida zafar quchishga yordam bergandi.

«Navbatdagi "Oltin to'p" sohibi kim bo'ladi? Hammasi kim Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida g'olib chiqishiga bog'liq, ammo bizda ushbu sovrin uchun kurasha oladigan to'rt yoki beshta futbolchi bor. Menimcha, u yana "PSJ" futbolchisi bo'ladi — buning ehtimolini 60-70 foizga baholayman», — dedi al-Xelayfi Le Forum nashriga bergan intervyusida.

Luis Enrike shogirdlari Chempionlar ligasining joriy mavsumida yarim finalga yo'l olishgan va u erda «Bavariya»ga qarshi bahs olib borishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ