Superliga. "Navbahor" "So'g'diyona" bilan bahsda mag'lubiyatdan qutilib qoldi
23 APREL, 2026, 21:18
Superliga 9-turida "Navbahor" "So'g'diyona" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O'yinda jizzaxliklar 71-daqiqada Lyupcho Dorievning goli bilan hisobni ochishdi. "Navbahor" bu golga 90+4-daqiqada Islombek Mamatkazinning goli bilan javob qaytardi.
"Navbahor" 19 ochko bilan 3-o'rinda qoldi. "So'g'diyona" 6 ochko bilan 15-pog'onada.
«NAVBAHOR» — «SO'G'DIYoNA» — 1:1Gollar: Lyupcho Doriev 71’ (0:1), Islombek Mamatkazin 90+3’ (1:1).
«Navbahor»: O'tkir Yusupov, Saidazamat Mirsaidov, Islombek Mamatkazin, Ruslanbek Jiyanov, Diyor Xolmatov (Shohruh Abdurahmonov, 70), Benjamin Teydi (Quvondiq Ro'ziev, 80), Umar Adhamzoda, Vanya Ilich (Muhammadali Usmonov, 70), Katulondi Kati (Aleks Fernandes, 80), Giorgi Jgerenaya, Abbos G'ulomov (Shohmalik Komilov, 70).
Zaxira: Shukron Yo'ldoshev, Dilshodjon Komilov, Isoxon Musoxonov, Anri Chichinadze.
«So'g'diyona»: Nikola Mirkovich, Zoir Jo'raboev, Islomjon Qobilov, Aleksandar Bolevich (Feysal Mulich, 46), Otabek Jo'raqo'ziev (Oybek Nurmatov, 66), Filip Ivanovich, Lyupcho Doriev, Ollabergan Karimov (Otabek Ahadov, 84), Abdulazizxon Abdurashidov, Nodirjon Soyibov, Jasurbek Jaloliddinov (Javohir Qahramonov, 46).
Zaxira: Bayram Najafaliev, Suhrob Izzatov, Toxirbek To'xtasinov, Amirbek Saidov, Sardorbek Erkinov.
Ogohlantirishlar: Jasur Jaloliddinov (22), Javohir Qahramonov (85), Lyupcho Doriev (87).
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
VAR hakami: Rustam Choriev
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov
