logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» yana bir portugaliyalik iqtidorni olib kelmoqchi

 23 APREL, 2026, 19:36

«PSJ» «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh bilan shartnoma imzolash niyatida, deb xabar bermoqda Foot Mercato.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli portugaliyalik futbolchi nomzodini uning vatandoshi, «PSJ» sport direktori Luish Kampush ilgari surmoqda.

Fernandesh 2025 yilning avgustidan beri «Vest Xem»da o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi 37 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ