logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Sanderlend» rahbariyati Le Brisning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

 23 APREL, 2026, 19:30

«Sanderlend» 2025/26 yilgi mavsum yakunida bosh murabbiy Rejis Le Bris bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Hattoki u jamoani evrokuboklarga olib chiqa olmasa ham, o'z lavozimida qoladi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, 50 yoshli frantsuz «Sanderlend» rahbariyatining to'liq qo'llab-quvvatlashiga ega. Unga 2026/27 yilgi mavsumda ham jamoani boshqarish ishonib topshirilmoqda.

«Sanderlend» allaqachon kelasi mavsum uchun Premer-ligadagi o'rnini naqd qilib bo'lgan, evrokuboklarga yo'llanma olish uchun esa matematik imkoniyatlar hamon saqlanib qolmoqda.

Le Bris «Sanderlend»da 2024 yilning iyulidan beri ishlab kelmoqda va uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Murabbiy qo'l ostida jamoa 88 ta o'yinda 37 ta g'alabaga erishdi, 24 bor durang o'ynadi va 27 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ