logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli» — Eron AQShning JCh-2026 borasidagi taklifiga munosabat bildirdi

 23 APREL, 2026, 17:48

Eronning Italiyadagi elchixonasi JCh-2026 musobaqasida Eron terma jamoasini boshqa jamoaga almashtirish g'oyasini keskin tanqid qildi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Dzampolli Eron terma jamoasini Italiya bilan almashtirish taklifini ilgari surgan edi. AQSh va Isroil bilan bo'layotgan urush sababli Eronning turnirdagi ishtiroki borasida mavhumlik saqlanib qolmoqda.

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli. Italiya futboldagi buyukligiga siyosiy beqarorlik tufayli emas, balki maydonda erishgan.

Eronni Jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarib tashlashga bo'lgan urinish faqatgina AQShning «ma'naviy inqirozini» ko'rsatadi. Ular hatto maydondagi o'n bir nafar eronliklarning borligidan ham qo'rqishmoqda», — deyiladi elchixona xabarida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ