logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rafael Leau uchun 3 ta grand klub da'vogarlik qilmoqda

 23 APREL, 2026, 17:06

Hujumchi Rafael Leau shu yozda «Milan»ni tark etishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, «rossonerilar» portugaliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotishga tayyor. Hujumchiga «Manchester Siti», «Liverpul» va «Real» klublari qiziqish bildirmoqda. Milan klubi o'z futbolchisining sotuvidan taxminan 60 million funt sterling ishlab olmoqchi.

Rafael Leau 2019 yilda «Lill»dan «Milan»ga 49 million evro evaziga o'tgan edi. Uning italyan jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi «rossonerilar» safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ