logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rosenor «Chelsi» tarixidagi eng yomon murabbiylardan biriga aylandi

 23 APREL, 2026, 14:00

«Chelsi»ning sobiq murabbiyi Liam Rosenor londonliklar boshqaruvidagi faoliyati davomida Angliya Premer-ligasida har bir o'yinda o'rtacha 1,31 ochko jamg'argan. Bu haqda Transfermarkt statistik portali xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko'ra, XXI asrda «Chelsi»da faqat bir nafar murabbiy — Grem Potter Rosenordan kamroq ochko to'plagan. Uning ko'rsatkichi 22 o'yinda o'rtacha 1,27 ochkoni tashkil etgan. Liam esa «ko'klar» ustozi sifatida APLda atigi 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi.


Ushbu ko'rsatkich bo'yicha XXI asrdagi eng yaxshi natija isroillik mutaxassis Avraam Grantga tegishli (har bir o'yinda o'rtacha 2,32 ochko). Grant londonliklarni jami 32 o'yinda (2007/2008 yilgi mavsum) boshqargan. Kuchli uchlikdan, shuningdek, Joze Mourino (2,19) va Antonio Konte (2,14) joy olishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ