logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Ligada noyob voqea: «Xetafe» «Real Sosedad»ni darvozaga zarba bermay mag'lub etdi

 23 APREL, 2026, 13:36

«Xetafe» La Liganing 33-turida «Real Sosedad» ustidan safarda g'alaba qozondi (1:0) — qizig'i shundaki, mehmonlar o'yin davomida raqib darvoza sohasiga birorta ham aniq zarba yo'llashmadi.

Mehmonlar 29-daqiqada Xon Gorrochategi tomonidan kiritilgan avtogol evaziga zafar quchishdi. Uchrashuv davomida «Xetafe» jami 5 ta zarba berdi, biroq ularning hech biri darvoza sohasiga aniq bormadi. Maydon egalari esa darvoza tomon 13 ta zarba yo'llashdi, shulardan 4 tasi aniq chiqdi.

«Xetafe» o'z tarixida ilk bor La Liga doirasidagi o'yinda darvozaga birorta ham aniq zarba bermasdan g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa shu kungacha chempionatdagi 792 ta uchrashuvda jami 252 ta g'alabani qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ