logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nagelsmann «Chelsi»ni rad etdi: Top-murabbiylar Londonda ishlashga shoshilmayapti

 23 APREL, 2026, 13:24

Liam Rosenor iste'foga chiqarilgach, «Chelsi» yangi bosh murabbiy izlamoqda. Qayd etilishicha, hozircha top-darajadagi mutaxassislarning hech biri Londonda ishlash istagi bilan yonmayapti.

Germaniya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ehtimoliy nomzodlar qatorida edi, biroq The Times nashrining xabar berishicha, u APLga o'tishga qiziqishi yo'qligini allaqachon bildirgan.

«Hech qaysi murabbiy yoshi kattaroq va tajribaliroq futbolchilarni sotib olish imkoniyatisiz «Chelsi»da ishlashga rozi bo'lmaydi», — deb ta'kidladi manba.

Britaniya nashri boshqa variantlar sifatida Madridning «Real» klubidan ketganidan beri ishsiz bo'lgan Xabi Alonso, shuningdek, Andoni Iraola va Sesk Fabregaslarni tilga olmoqda. Iraola mavsum yakunida «Bornmut»ni tark etadi, Fabregas esa Italiyaning «Komo» jamoasini boshqarmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ