logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» 33-turdan keyin peshqadam bo'lsa, chempionlikni hech qachon qo'ldan chiqarmagan

 23 APREL, 2026, 13:12

«Manchester Siti» «Byornli» ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng uzoq vaqt ichida ilk bor Premer-liga turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

«Shaharliklar» to'plangan ochkolar (70) va to'plar nisbati (+37) bo'yicha «Arsenal» bilan teng holatda bo'lsa-da, ko'proq gol urilgani evaziga (66 ga qarshi 63) londonliklardan o'zib ketishdi. Opta nashrining qayd etishicha, «Siti» 33-turdan keyin yoki undan kechroq vaqtda peshqadamlikni qo'lga olgan hech bir vaziyatda chempionlik poygasida mag'lub bo'lmagan.

Xosep Gvardiola jamoasi oxirgi marta avgust oyida, birinchi tur yakunlariga ko'ra birinchi o'rinda qayd etilgan edi. Mavsumning ma'lum bir bosqichida «Arsenal» raqobatchisini 9 ochkoga ortda qoldirayotgan edi, biroq bu ustunlikni boy berib qo'ydi. Eslatib o'tamiz, londonliklar mana 22 yildirki chempionatda g'alaba qozona olishmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ