logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kike Seten «Bavariya»dan uchralgan 2:8 haqida: «Menda hech qanday ruhiy jarohat qolmagan»

 23 APREL, 2026, 12:36

«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Kike Seten 2020 yilning avgust oyida Chempionlar ligasi 1/4 finalida «Bavariya»dan qabul qilingan 2:8 hisobidagi sharmandali mag'lubiyatni yodga oldi. O'sha sharmandali mag'lubiyatdan so'ng klub mutaxassis bilan xayrlashganini e'lon qilgan edi.

«Menda hech qanday ruhiy jarohat qolmagan — o'sha muvaffaqiyatsizlikni to'liq engib o'tdim. Braziliya terma jamoasi ham o'z uyidagi jahon chempionatida 1:7 hisobida yutqazgan edi. Bu hayotda doim nimanidir o'rganasan va bu shunchaki qabul qilish kerak bo'lgan vaziyatlardan biri. Muhimi — qayta oyoqqa turish va oldinga intilish», — deya 67 yoshli mutaxassisning so'zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.

Qayd etish lozimki, o'sha vaqtda «Bavariya»ni hozirda «Barselona»ni boshqarayotgan Xans-Diter Flik boshqargan edi. Hozirda Kike Seten murabbiylik faoliyatini yuritmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ