logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sarri: «Latsio» Italiya Kubogi finaliga qadar katta yo'lni bosib o'tdi»

 23 APREL, 2026, 12:30

Rimning «Latsio» klubi ustozi Mauritsio Sarri jamoasining Italiya Kubogi finaliga chiqqani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra «burgutlar» «Atalanta»dan ustun kelishdi.

«Bu biz uchun katta sayohat bo'ldi. Biz Kubokning o'tgan mavsumdagi ikki finalchisini musobaqadan chiqarib yubordik. Endi esa «Atalanta»dan kuchliroq ekanimizni isbotladik. Finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Bu mavsum biz uchun juda og'ir kechdi», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sportmediaset.

Final bahsida Rim klubiga «Komo»ni mag'lub etgan Milanning «Inter» jamoasi raqiblik qiladi. Ma'lumot uchun, hozirda A Seriya turnir jadvalida «Latsio» to'qqizinchi, «neradzurrilar» esa birinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ