logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Enrike Kvaratsxeliyaning yangi qirralari haqida gapirdi

 23 APREL, 2026, 12:18

Liga 1ning qoldirilgan 26-turi doirasida «PSJ» o'z maydonida «Nant»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda parijliklarning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya dubl qayd etib, g'alabaga katta hissa qo'shdi.

O'yindan so'ng jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike Xvichaning namoyish etayotgan o'yini va uning maydondagi xarakteriga alohida to'xtalib o'tdi:

«Kvaratsxeliya butun mavsum davomida yuqori darajadagi futbol ko'rsatmoqda. Men nafaqat uning mahoratini, balki xarakterini ham alohida qayd etmoqchiman. U raqibning kimligidan qat'i nazar, himoyalanish jarayonlarida ham faol ishtirok etadi. Bu juda muhim jihat», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi beIN Sports.

Joriy mavsumda Xvicha Kvaratsxeliya «PSJ» libosida barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda gruziyalik iqtidor sohibi 16 ta gol va 9 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ