logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" yarim himoyani arzon transfer evaziga kuchaytirmoqchi

 23 APREL, 2026, 11:48

Ispaniyaning «Real» klubi «Shtutgart» yarim himoyachisi Chema Andresni transfer qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Bu haqda «Marca» nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 20 yoshli futbolchi «qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar o'tgan yili futbolchini sotish vaqtida shartnomaga 13,5 million evro miqdorida qayta sotib olish imkoniyatini kiritgan edi. Joriy yozgi transfer oynasida klub ushbu banddan foydalanishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Chema Andres joriy mavsumda «Shtutgart» safida jami 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali yosh ispaniyalik futbolchining narxini 15 million evroga baholagan. Yarim himoyachi Germaniyaga yo'l olishidan avval «Real» asosiy jamoasi safida 3 ta o'yinda ishtirok etishga ulgurgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ