logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanselu jiddiy jarohatdan qutilib qoldi

 23 APREL, 2026, 09:36

«Barselona» qanot himoyachisi Joau Kanselu tez orada safga qaytadi. Portugaliyalik futbolchi chorshanba kuni bo'lib o'tgan «Selta»ga qarshi bahsning 23-daqiqasidayoq jarohat sabab almashtirilgan edi.

Insayder Fernando Poloning ma'lumotiga ko'ra, 31 yoshli lateral jiddiy jarohat olmagan — bu shunchaki kuchli zarba (lati eyish) oqibatidagi og'riq, xolos. Shu bois, uning tiklanishi uchun ko'p vaqt talab etilmaydi.

Eslatib o'tamiz, «Barselona»ning «Selta» ustidan qozongan minimal g'alabasida yagona golni 40-daqiqada Lamin Yamal penaltidan kiritgan edi. Qizig'i shundaki, 18 yoshli vingerning o'zi ham ushbu uchrashuvda jarohat olib, maydonni vaqtidan oldin tark etdi. Kataloniyaliklar navbatdagi o'yinini shanba kuni safarda «Xetafe»ga qarshi o'tkazishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ