logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“CHelsi”da so'nggi 10 yilda vaqtinchalik murabbiylarni hisobga olmaganda 10 nafar murabbiy ishladi

 23 APREL, 2026, 09:32

“CHelsi” so'nggi o'n yildagi o'ninchi murabbiyi bilan xayrlashdi.

London klubi bugun Liam Rosenorni istefoga chiqardi. 41 yoshli mutaxassis 100 kundan sal ko'proq ishladi.

2016 yil boshidan beri “CHelsi”ni Gus Xiddink, Antonio Konte, Mauricio Sarri, Frenk Lempard, Tomas Tuxel, Grem Potter, Maurisio Pochettino va Enco Mareska kabi mutaxassislar ham boshqargan. Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchilar hisobga olinmaganda murabbiylar soni o'n nafarni tashkil qiladi.

Bu yillar davomida “CHelsi” Angliya chempionati va kubogi, CHempionlar ligasi, Evropa ligasi, Konferenciyalar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida (ikki marta) g'alaba qozondi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ