logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pedri intervyusini to'xtatib, de Yongni tarixiy natija bilan tabrikladi

 23 APREL, 2026, 09:12

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Frenki de Yongni klub tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan niderlandiyalik futbolchiga aylangani bilan tabrikladi.

28 yoshli xavbek «Selta»ga qarshi bahsda «ko'k-anorranglilar» libosidagi 293-uchrashuvini o'tkazdi va bu borada niderlandiyalik futbolchilar o'rtasida mutlaq rekordchiga aylandi. Ushbu tarixiy natija munosabati bilan «Kamp Nou» stadionida maxsus taqdirlash marosimi tashkil etildi.

«Frenkini ushbu rekord bilan tabriklamoqchiman. Bunday voqealar har kuni ham sodir bo'lavermaydi va uning safimizda ekanidan juda xursandman. Umid qilamanki, uni «Barselona» libosida hali ko'plab o'yinlar kutib turibdi», — dedi Pedri.

E'tiborlisi, yosh ispaniyalik iqtidor sohibi de Yongni tabriklash uchun berayotgan intervyusini ham to'xtatib turgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ