logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nunes: «Manchester Siti» uchun jadvaldagi o'rin emas, asosiy maqsad muhim»

 23 APREL, 2026, 09:06

«Manchester Siti» qanot himoyachisi Mateus Nunes jamoasining Premer-liga turnir jadvalida birinchi o'ringa qaytgani haqida o'z fikrlarini bildirdi. «Shaharliklar» «Byornli» ustidan g'alaba qozonib (1:0), yaqin vaqtgacha o'zlaridan to'qqiz ochko oldinda bo'lgan Londonning «Arsenal» klubini ortda qoldirishdi.

«Biz bu erga g'alaba uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik. Biz chempionlik uchun kurashyapmiz. Hozir birinchi o'rindamizmi yoki yo'q — buning ahamiyati yo'q, vazifamiz o'zgarishsiz qoladi. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarning daldasi ajoyib bo'ldi», — deya Nunesning so'zlarini keltiradi City Xtra.

Hozirda «Manchester Siti» va «Arsenal» 33 ta o'yindan so'ng 70 tadan ochko jamg'arishgan. Xosep Gvardiola shogirdlari to'plar nisbati teng bo'lishiga qaramay, ko'proq gol urishgani evaziga «kanonirlar»ni ortda qoldirib, peshqadamlikni qo'lga olishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ