logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Omadim kelgan ekan»: Gvardiola Rosenorning iste'fosiga munosabat bildirdi

 23 APREL, 2026, 09:00

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Liam Rosenorning «Chelsi»dan iste'foga chiqarilishiga munosabat bildirdi.

London klubi 22 aprel kuni 41 yoshli mutaxassisning iste'fosini e'lon qilgan edi. 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar Kalum Makfarleyn jamoa bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha ijro etuvchi etib tayinlandi.

«Buni eshitish men uchun afsuslanarli. Ishonchim komilki, u yuqori darajadagi murabbiy. Har safar shunday voqea sodir bo'lganda, «Manchester Siti»da ishlayotganimdan naqadar omadim kelganini qayta-qayta o'ylayman. 10 yil oldin kuchli rahbariyat, yaxshi bosh va sport direktorlariga ega tashkilotga kelib, to'g'ri tanlov qilgan ekanman. Men hamkorlik qilayotgan insonlarning ishonchi va barqarorlik hayratlanarli darajada», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Xtra.

Rosenor 2026 yilning yanvarida «Chelsi» boshqaruvini qo'lga olgan edi va uning shartnomasi 2032 yilning iyunigacha mo'ljallangandi. Ingliz mutaxassisi qo'l ostida jamoa 23 ta o'yin o'tkazib, 11 g'alaba, 2 durang va 10 mag'lubiyat qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ