Darvozabon 4 ta penaltini qaytardi: «Latsio» Italiya kubogi finaliga chiqdi (videosharh)
23 APREL, 2026, 07:34
Italiya kubogi yarim finali javob bahsida «Atalanta» va «Latsio» o'zaro to'qnash keldi. Bergamodagi «Jeviss — Atleti Adzurri d’Italiya» stadionida o'tgan uchrashuvning asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Hisob 84-daqiqada Alessio Romanoli tomonidan ochildi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Mario Pashalich muvozanatni tikladi.
Penaltilar seriyasida «Latsio» darvozaboni Edoardo Motta 4 ta zarbani qaytarib, jamoasini finalga olib chiqdi.
Finalda «Latsio» «Inter»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 13 may kuni bo'lib o'tadi.
Italiya kubogi. Yarim final. Javob bahsi
22 aprel 2026 yil, chorshanba.
«Atalanta» — «Latsio» 1:1 (penalti — 1:2)
Gollar: Alessio Romanoli 84', Mario Pashalich 86'
Manba: stadion.uz
