logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Stounzga Evropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda

 22 APREL, 2026, 21:36

«Manchester Siti» yaqin orada Jon Stounzning jamoadan ketishini e'lon qiladi.

Avvalroq 31 yoshli himoyachi joriy mavsum yakunida klubni tark etishi ma'lum bo'lgan edi. The Athletic nashrining yozishicha, bu haqda keyingi haftada rasman e'lon qilinadi.

Ta'kidlanishicha, ingliz futbolchisini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga Evropaning bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda.

Stounz 2016 yildan beri «Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi va «shaharliklar» bilan birga jami 18 ta sovrinni qo'lga kiritdi. APLning joriy mavsumida u 7 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ