logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Ferran Torres bo'yicha bir qarorga keldi

 22 APREL, 2026, 20:54

Hujumchi Ferran Torres katta ehtimol bilan joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Barselona»ni tark etadi.

The Athletic nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi hujumchini sotishga qaror qilgan va futbolchining transferi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ferran bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti.

Ferran Torres 2022 yilda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga 55 million evro evaziga o'tgan edi. Uning «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi jamoa safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Torresning qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ