Toshkent dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
22 APREL, 2026, 19:36
Joriy yilning 22-25 oktyabr kunlari Amman (Iordaniya) shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilishi belgilangan edi. Biroq mintaqadagi vaziyat sabab mazkur musobaqa O'zbekiston poytaxtiga ko'chirildi. Bu haqida Xalqaro dzyudo federatsiyasi ma'lum qildi.
Unga ko'ra, 19-22 noyabr kunlari Toshkent dunyoning eng kuchli yosh dzyudochilarini o'zida qabul qiladi. Bahslar yakkalik va aralash jamoaviy yo'nalishlarda tashkil etiladi.
