Manba: Mourino va «Real» o'rtasidagi muzokaralar boshlandi
22 APREL, 2026, 18:36
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatida ikkinchi bor Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkin.
Diario AS nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisning agenti Jorje Mendesh so'nggi soatlarda Madrid klubi rahbariyati bilan aloqaga chiqqan. Ma'lum qilinishicha, agent o'z mijozining xizmatlarini «qirollik klubi»ga taklif qilgan va Mourinoning «Benfika» bilan shartnomasini bekor qilish uchun to'lanishi kerak bo'lgan tovon puli miqdorini ham ochiqlagan.
Ayni damda Madrid klubida Alvaro Arbeloaning kelajagi mavhum bo'lib turibdi va klub rahbariyati yangi mavsum uchun tajribali murabbiy qidiruviga tushgan.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan. Uning qo'l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchishgan. EChLdagi eng yaxshi natija esa ketma-ket uch mavsum davomida yarim finalgacha etib borish bo'lgan.
