"Topuriya: "Agar Getji orqaga chekinmasa, uni birinchi raundda nokaut qilaman"
22 APREL, 2026, 18:32
UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya 14 iyun kuni Oq uyda o'tadigan turnirda amerikalik Jastin Getjiga qarshi jang haqida fikr bildirdi."Agar u jang boshidanoq orqaga chekinmasa, uni birinchi raundda nokaut qilaman. Men doim aytaman: hech kim oktagonda mening mahoratimga bas kela olmaydi. Buni aytsam, odamlar meni takabbur deyishadi, lekin mening gaplarim noto'g'ri ekanini isbotlab beringlar. Hozircha bunday bo'lgani yo'q", — dedi Topuriya.
Manba: olamsport.com

