logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiolani olib qolish uchun 150 mln evro: «Manchester Siti» transfer rekordini yangilamoqchi

 22 APREL, 2026, 18:00

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunida o'z lavozimini tark etishi mumkin. Fichajes nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, «shaharliklar» rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni loyihada qolishga ko'ndirish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.

Manchester klubi Gvardiolani olib qolish maqsadida unga «PSJ» yarim himoyachisi Joau Neveshni sotib olib berishga tayyor. Pep portugaliyalik iqtidor egasining o'yin uslubiga yuqori baho berishi va uni o'z jamoasida ko'rishni istashi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, «Manchester Siti»ni parijliklar tomonidan belgilangan 150 million evrolik narx ham to'xtata olmayapti. Agar ushbu transfer amalga oshsa, bu klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Joau Nevesh joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ