logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pol Pogba: «Mbappening «Oltin to'p»ni yutishi — vaqt masalasi»

 22 APREL, 2026, 16:18

«Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba «Real» hujumchisi Kilian Mbappening yaqin orada «Oltin to'p» sohibiga aylanishiga shubha qilmayapti.

Madrid Universal nashrining xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi vatandoshining joriy mavsumdagi o'yinini yuqori baholagan.

«Kilian Mbappening «Oltin to'p» uchun ovoz berish jarayonida g'olib chiqishi — shunchaki vaqt masalasi. Men uchun u butun mavsum davomida eng yaxshi o'yinchi bo'ldi. Hozir u avvalgidan ham ko'proq gol urmoqda. Kilian «Real»dagi birinchi mavsumida hatto Krishtianu Ronaldudan ham ko'proq gol urishga muvaffaq bo'ldi. U o'sishda davom etishi mumkin», — dedi Pogba.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Bu ko'rsatkich bilan u nafaqat «Real»ning, balki butun La Liganing eng samarali o'yinchisi bo'lib turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ