logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Jud Bellingemning erta almashtirilishi sababini tushuntirdi

 22 APREL, 2026, 14:18

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasi doirasida o'z maydonida «Alaves» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 30-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. 50-daqiqada esa Vinisius Junior madridliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi. Mehmonlar bahs yakunida bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

O'yinning 58-daqiqasida jamoa etakchilaridan biri Djud Bellingem maydonni tark etdi va uning o'rniga Braim Dias tushdi. Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ushbu qaroriga izoh berib o'tdi.

«Bellingemni almashtirganimning sababi — u Myunxenda «Bavariya»ga qarshi kechgan o'tgan bahsda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan edi. Militao bilan bog'liq ko'ngilsizlikdan so'ng, Djud borasida tavakkal qilishni istamadim. U juma kuni tarkibga qaytadi», — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Ma'lumot uchun, himoyachi Eder Militao uchrashuvning birinchi bo'limi oxirida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'lgan.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 24 aprel kuni safarda «Betis»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ