logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sterling «Feyenoord»ni tark etadi

 22 APREL, 2026, 13:30

Angliyalik mashhur hujumchi Rahim Sterling va Niderlandiyaning «Feyenoord» klubi o'rtasidagi hamkorlik yakuniga etmoqda. Tomonlar amaldagi kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor emas. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Sterling Rotterdam klubi bilan olti oylik qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. Biroq tez-tez takrorlanayotgan jarohatlar tufayli futbolchi deyarli maydonga tushmayapti. Shu sababli, Premer-liga sobiq yulduzi «Feyenoord» rahbariyatini o'z xizmatlariga ehtiyoj borligiga ishontira olmadi.

Jamoa bosh murabbiyi Robin van Persi vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi:

«Men Sterlingning qarorlarini hurmat qilaman, biroq birinchi navbatda jamoa oldiga qo'yilgan turnir vazifalarini hal qilish haqida o'ylashim kerak. Bu hamma narsadan muhimroq», — dedi mutaxassis.

Ma'lumot uchun, Niderlandiya Erediviziyasi yakuniga to'rt tur qolganda «Feyenoord» turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Rahim Sterling faoliyati davomida APLning «Liverpul», «Manchester Siti» va «Chelsi» kabi grand klublari sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ