logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Kamavingaga nisbatan bo'layotgan hushtaklarga munosabat bildirdi

 22 APREL, 2026, 13:18

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing manziliga muxlislar tomonidan bo'layotgan e'tirozlarga to'xtaldi.

Seshanba kuni La Liga doirasida kechgan «Alaves»ga qarshi bahsda «Santyago Bernabeu» stadioniga yig'ilgan ishqibozlar zaxiradan maydonga tushgan frantsiyalik futbolchini hushtaklar bilan kutib olishdi. Muxlislarning bunday noroziligiga Kamavinganing yaqinda Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»ga qarshi o'yinda chetlatilgani va shu sababli jamoaning musobaqadan chiqib ketgani sabab bo'lgan edi.

Arbeloa matbuot anjumanida futbolchisini qo'llab-quvvatladi:

«Kamavinga yosh bo'lishiga qaramay, kuchli xarakterga va katta tajribaga ega. Bizga uning yordami kerak bo'lganda, u har doim jangga kirishga tayyor. Eduardo «Real» uchun muhim futbolchi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Maydonda qancha vaqt harakat qilishidan qat'i nazar, u doim jamoaga foyda keltiradi. U murabbiylar shtabi va butun klubning ishonchiga sazovor bo'lgan. Ishonchim komil, muxlislar ham unga ishonishadi», — dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, «Alaves»ga qarshi o'yindan so'ng Kamavinga stadion tribunalari oldiga borib, muxlislardan shaxsan uzr so'ragan edi. 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ