logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kim Min Je sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

 22 APREL, 2026, 13:18

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish maqsadida Myunxenning «Bavariya» klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi Kim Min Jeni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

29 yoshli futbolchi Myunxen klubida Dayo Upamekano va Jonatan Ta bilan raqobatda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan edi. Biroq Bundesligada chempionlik uchun kurash susaygani va Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahslari yaqinlashgani sababli, so'nggi vaqtlarda unga berilayotgan o'yin amaliyoti biroz ko'paydi.

Ma'lum bo'lishicha, transfer bo'yicha dastlabki muzokaralar o'tgan qishda boshlangan, ammo o'shanda «Bavariya» futbolchini qo'yib yuborishni istamagan edi. Endilikda yangi markaziy himoyachi qidirayotgan myunxenliklar yozda Kimni sotishga qarshi emasliklarini bildirishgan. Ayni damda futbolchining agenti muzokaralar o'tkazish uchun Istanbulga etib kelgan.

Eslatib o'tamiz, Kim Min Je 2021/22 yilgi mavsumda «Fenerbaxche» sharafini himoya qilgan, shundan so'ng «Napoli»ga o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ