logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Runining kelajagi haqidagi savolga javob berdi

 22 APREL, 2026, 12:36

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning 20 yoshli vingeri Runi Bardji haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Bu haqda BarçaTimes nashri xabar bermoqda.

Germaniyalik mutaxassis yosh futbolchining mahoratini yuqori baholab, uning tajribali sheriklari yonida o'sishga erishayotganini ta'kidladi.

«Runi — fantastik futbolchi. U dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan birga to'p surmoqda va qisqa vaqt ichida ko'p narsani o'rgandi. Men unga kelajagi haqida mavsum yakunida gaplashib olishimizni aytdim, chunki hozir buning uchun mos vaqt emas», — dedi Flik.

Avvalroq xorij OAVda «Barselona» shvetsiyalik hujumchini tajriba to'plashi uchun boshqa klubga ijaraga berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot uchun, Runi o'tgan yozda Daniyaning «Kopengagen» klubidan Kataloniya grandi safiga kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda vinger «ko'k-anorranglilar» libosida barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ