logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maynuning maoshi bir necha baravarga oshadi

 22 APREL, 2026, 12:30

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Kobbi Maynu bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Tribal Football nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar maosh miqdori sezilarli darajada oshirilgan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash ustida ishlashmoqda. Qayd etilishicha, 21 yoshli yarim himoyachining ish haqi yangi kelishuvga ko'ra bir necha barobarga ko'payishi kutilmoqda.

Maynuning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali iqtidorli futbolchining bozor qiymatini 50 million evroga baholagan.

Ma'lumot uchun, Kobbi Maynu Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Avvalroq «MYu»ning boshqa bir yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga Turkiyaning «Galatasaroy» klubidan jiddiy qiziqish bo'layotgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ