logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» ustozi keskin bayonot bilan chiqdi

 22 APREL, 2026, 12:12

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor APL doirasida «Brayton»dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:3) so'ng futbolchilarning o'yinga bo'lgan munosabatidan noroziligini bildirdi.

Angliyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, «ko'k-anorranglilar» seshanba kungi bahsda etarlicha kurash olib borishmagan va shu sababli «chaykalar» tomonidan hech qanday imkoniyatsiz mag'lub etilgan. E'tiborli jihati, bu «Chelsi»ning Premer-liga doirasida gol ura olmay mag'lubiyatga uchragan ketma-ket beshinchi o'yini bo'ldi.

Taniqli insayder Fabritsio Romano murabbiyning quyidagi so'zlarini keltirmoqda:

«Yakshanba kuni maydonga klub uchun jang qilishga tayyor bo'lgan futbolchilarni tushiraman. Bizga hozirning o'zida radikal o'zgarishlar kerak. Hammamiz ko'zguga qarashimiz lozim. Men ham ko'zguga qarashim shart», — dedi Rosenor.

Ma'lumot uchun, «Chelsi» navbatdagi uchrashuvini 26 aprel kuni Angliya Kubogi yarim finali doirasida «Lids»ga qarshi o'tkazadi. O'z maydonida kechadigan ushbu bahs londonliklar uchun mavsumni saqlab qolish va final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ